Kredit olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
- Ta’sischi, direktor, bosh buxgalter pasporti;
- Direktorni tayinlash to‘g‘risida buyruq;
- Guvohnoma (Sertifikat);
- Ta’sischilarning qarori;
- Litsenziyalar;
- Garov kadastri/texnik pasporti;
- Garovnning fotosuratlari;
- Yetkazib beruvchi bilan shartnoma;
- Ijara kelishuvi/biznes yuritilayotgan
faoliyat manziliga mulkchilik huquqlari to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;
Mazkur ro‘yxat kreditlash masalasini ko‘rib chiqish uchun yakuniy hisoblanmaydi, va Bank xodimlari ko‘rib chiqilayotgan loyihaga taalluqli boshqa ma’lumotlarni va hujjatlarni so‘rab olishi mumkin.
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari qanday?
Arizani ko'rib chiqish muddati taqdim etilgan hujjatlarning to‘laligiga bog‘liq holda 1 kundan 3 kungacha egallaydi.
Kredit uchun ta’minotning qanday turlari qabul qilinadi?
Kredit uchun ta’minotlarning har xil turlari, jumladan, ko‘chmas mulk, avtotransport garovi, hamda jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolatlari qabul qilinadi.
Kreditning muddatidan avval so'ndirish shartlari qanday?
Jarima sanksiyalarisiz kreditni muddatidan oldin so'ndirish imkoni mavjud.
Biznes tarixi mavjud bo'lmaganda kredit olish imkoni bormi?
Korxonani ro‘yxatdan o‘tkazilgan muddati 1 yildan ortiq bo‘lishi kerak.
Qanday yashirin xarajatlar yoki qo‘shimcha shartlar bo‘lishi mumkin?
Kredit bo‘yicha asosiy foizdan tashqari, garovni sug‘urtalash va uni rasmiylashtirishga xarajatlar yuzaga kelishi mumkin. Biroq, yashirin xarajatlar ko‘zda tutilmagan